“HUDUDGAZ FARG‘ONA “ GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

×

 2022-03-14 17:42:52    435

PDF yuklash
Chop etish



Telegramdagi “Kusherbaevga murojaat” kanalida Marg‘ilon shahri “Toshkesar” mahallasi “Ipakchi” ko‘chasida yashovchi Xalilov Nodirbek gaz hisoblagichni sotib olib o‘rnatgani, lekin televizorda bepul, deyishayotganini xabar qilgan. (https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/82 ). Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta'minoti filiali quyidagilarni ma'lum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi “2020-2024-yillarda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 1001-sonli qarorida elektron gaz hisoblash uskunlarini o‘rnatish natijasida tejab qolanidigan tabiiy gaz hamjlaridan kelib chiqib, “Toshkesar”, “Yoyilma”, “A.Yassaviy”, “Miltiqsoz”, “Go‘ravvol” va “Iqbol” MFYlari hududlarida joylashgan 3132 ta aholi turar joylari hamda ijtimoiy soha ob'ektlarida tabiiy gaz ta'minotini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berilishi to‘g‘risidagi Marg‘ilon shahar hokimligiga 24.04.2021-yil kungi №30-01-1889-sonli xat yuborilgan bo‘lib, xatga asosan Marg‘ilon shahar hokimligining “Marg‘ilon shahridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta'minotini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi 26.04.2021-yil kungi №223-sonli qarori tasdiqlangan. Hozirda yuqoridagi MFY hududidagi aholi xonadonlari tabiiy gaz tarmog‘iga qayta ulanishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktyabr kungi №05/1-825-sonli xatiga binoan zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalarini o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan o‘rnatilishi belgilangan.


“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta'minoti filiali



<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab