“HUDUDGAZ FARG’ONA” GAZ TA’MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

×

 2022-06-20 16:26:34    202

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 15-iyun sanasida ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatga “Hududgaz Farg’ona” gaz ta’minoti filiali quyidagilarni ma’lum qiladi. Gaz ta’minoti filiali va “Rishtontumangaz” gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan ushbu murojaat joyida o’rganildi. O’rganishlar davomida esa ma’lumotlar asosida tushuntirishlar berildi. “Bujay” va “Yangi Bujay” mahalla fuqarolar yi’gini hududida yashovchi aholi xonadonlari 2013-2014-yillargacha tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Ammo mavjud resurslarning yetishmovchiligi va tabiiy gaz ta’minotining tanqisligi bois Farg’ona viloyat hokimining hamda tuman hokimining tegishli tartibdagi qarori asosida tabiiy gaz ta’minoti qoniqarsiz bo'lgan hududlarni suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirish reja-jadvali tasdiqlangan. Bugungi kunda ushbu hududda 1290 nafar iste’molchi suyultirilgan gaz bilan o’z vaqtida, rejaga muvofiq ta’minlanmoqda.

Tushuntirishlar davomida shuningdek, agar ushbu xonadonlar tabiiy gaz tarmog’iga ulansa tumandagi mavjud va yangi qurilishi rejalashtirilgan ko’p qavatli uylar, tashkil etilgan kichik sanoat zonalari va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gazni yetkazib berishda muammolar yuzaga kelishi ta’kidlandi.

Joyida dalolatnoma tuzildi. Garchand tushuntirishlar olib borilgan bo’lsa-da, “Bujay” va “Yangi Bujay” mahalla fuqarolar yig’ini raislari imzo qo’yishdan bosh tortdi.

Dalolatnomaning asl nusxasi gaz ta’minoti filialida mavjud.

 “Hududgaz Farg’ona” gaz ta’minoti filiali   


<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab