“HUDUDGAZ FARG’ONA” GAZ TA’MINOTI FILIALINING RASMIY MUNOSABATI

×

 2022-07-06 15:45:18    170

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil iyul oyining dastlabki kunlarida ijtimoiy tarmoq orqali Uchko’prik tumani G’ijdon hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning tabiiy gaz ta’minotini qayta tiklab berish mazmunidagi kelib tushgan murojaati “Uchko’priktumangaz” gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan o’rganildi. O’rganishlar asosida esa quyidagilar ma’lum qilindi.

Ushbu hudud tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo’lgan hududda joylashganligi uchun suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Bugungi kunda mahalla fuqarolar yig’ini xonadonlarida tuman hokimligi tomonidan tasdiqlab berilgan reja-grafikka muvofiq gaz ballonlari o’z vaqtida yetkazib berilmoqda. Shuningdek, suyultirilgan gazga moslashtirilgan hududlarni tabiiy gaz tarmog’iga ulash uchun jamiyatning alohida ko’rsatmasiga asosan texnik shart olingan taqdirda gaz tarmog’ini tortish hamda barcha xarajatlar aholining o’z hisobidan ta’minlanishi to’g’risida tushuntirildi. Bu bo’yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Dalolatnomaning asl nusxasi gaz ta’minoti filialining matbuot xizmatida mavjud.

“Hududgaz Farg’ona” gaz ta’minoti filiali  


<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab