“HUDUDGAZ FARG’ONA” GAZ TA’MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

×

 2022-07-22 12:19:14    136

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning iyul oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg’ona viloyati Oltiariq tumani Yangiqo’rg’on hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning kelib tushgan murojaati gaz ta'minoti bo'limi tomonidan o’rganilgan holda quyidagilar ma’lum qilinadi.

“Oltiariqtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan o’rganilganda fuqaroga tushuntirish berildi. Ya’ni tuman hokimining 2021-yil noyabr oyidagi 106-11-151-Q/21-sonli qaroriga asosan gaz ta’minoti bo’limi tomonidan gaz tarmog’iga ulanish nuqtasi ko’rsatilgan holda texnik shart olish uchun tavsiyanoma berilganligi, ushbu ishlar boshlanish davrida qish mavsumi bo’lganligi uchun aholining ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida hamda 2022-yilning 1-apreliga qadar aholi o’z mablag’lari hisobidan zamonaviy hisoblagich uskunasini olish kafolati bilan 2022-yilning boshida tabiiy gaz tarmog’iga ulab berildi.  Ammo fuqarolar aprel, may va iyun oylarida hisoblagichni olib o’rnatmaganligi sababli 2022-yilning iyul oyidan boshlab tumandagi “Maorif”, “Usmonobod”, “Yangiqo’rg’on” mahalla fuqarolar yig'inlari raislariga ogohlantirish xatlari yuborilgan holda amaldagi tartib bo’yicha tabiiy gaz yetkazib berilishi to’xtatildi. Iste’molchilar tomonidan o’z mablag’lari hisobidan xonadonlariga zamonaviy hisoblagich o’rnatilganidan so’ng tabiiy gaz yetkazib berilishi ma’lum qilinadi.

O’rganishlar asosida to’plangan barcha ma’lumotlar gaz ta’minoti filialida mavjud.

“Hududgaz Farg’ona” gaz ta’minoti filiali 


<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab