“HUDUDGAZ FARG’ONA” GAZ TA’MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

×

 2022-08-22 13:55:41    91

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning avgust oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani Yangiobod-Turvoq hududida yashovchi fuqaro Ulug’bek Ma’murov tomonidan qilingan murojaatga gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni 2013-2014-yillar kuz-qish davriga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, Farg’ona viloyati hokimining 2013-yilda imzolangan 149-sonli qarori hamda “Vodiygazta’minot” unitar korxonasining 2013-yil 216-sonli buyrug’iga asosan Uchko’prik tuman hokimligi tomonidan tabiiy gaz ta’minoti qoniqarsiz hududlarni suyultirilgan gazga moslashtirish bo’yicha reja-jadval shakllantirilgan. Ushbu reja-jadvalga asosan tuman markazida joylashgan ko’p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida “Turvoq” va “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig’inlari tabiiy gaz ta’minoti qoniqarsiz hududlarga kiritilgan, bugunga qadar xonadonlar esa shartnoma asosida maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlanmoqda.

Barcha ma'lumotlarning asl nusxsi gaz ta'minoti filialida mavjud.

“Hududgaz Farg’ona” gaz ta’minoti filiali


<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab