loader_logo

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda...
logo
https://admin.farhududgaz.uz/files/sliders/images/file-1734176394067-740238211.png
https://admin.farhududgaz.uz/files/sliders/images/file-1734176394067-740238211.png
https://admin.farhududgaz.uz/files/sliders/images/file-1734176394067-740238211.png
Shaxsiy kabinet

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 41-bandida “Iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz ta’minoti tashkilotining xodimi tomonidan tegishli yo‘riqnomadan o‘tkazilganidan keyin mustaqil almashtirishi mumkin. Buning uchun iste’molchi yashash joyiga ko‘ra gaz ta’minoti tashkilotiga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda gaz ballonini o‘rnatish joyi loyihaga va/yoki eskizlarga muvofiq bo‘lishi lozim” ligi belgilangan. Shuningdek, Nizomning 1-ilovasi 3.3-bandi a1) kichik bo‘limida “Iste’molchi suyultirilgan uglevodorod gazi bilan to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida o‘rnatib berish va almashtirish uchun tasdiqlangan tariflarga muvofiq gaz ta’minoti tashkilotining xizmatidan foydalanishi” ko‘zda tutilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, “Hududgazta’minot” AJ tizimida gaz xo‘jaligida aholining maishiy gaz ballondan xavfsiz foydalanishini ta’minlash xizmati tashkil etildi va ularning asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilandi: - suyultirilgan gaz to‘ldirilgan maishiy gaz ballonni iste’molchi xonadoniga olib kirish, loyiha yoki eskiz asosida o‘rnatish; - gaz ballonni, ventilni, reduktorni, gaz plitasi va boshqa barcha ulangan joylarini zichligini tekshirish; - soplolar teshiklari diametri tekshirish va sozlash; - xomut o‘rnatish; - gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari hamda gaz xo‘jaligini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari, suyultirilgan gazdan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanish bo‘yicha tushuntirish olib borish; - xizmat ko‘rsatish yakunida mas’ul xodim tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirib, bajarilgan ishlarga filiallar tomonidan tasdiqlangan tarif bo‘yicha 3000 (uch) ming so‘mdan pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lov qog‘ozi berish.

Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, "Hududgazta’minot" AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. Is gazi nima? Is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrositlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi. Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari. Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish; Ko‘rish tizimida: ko‘z oldining qorong‘ulashishi; Eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi; Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal; Yurak qismida: puls va AB ortishi; Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash). Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi? Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda; Avtoulovlar turargohlarida; Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda; Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda; Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin. Bundan tashqari, hozirda savdo do‘konlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eron davlatida ishlab chiqilgan "kamin" gaz uskunasi chiroyli, ixcham ko‘rinishli, isitish mavsumida ishlatib, keyin boshqa joyga olib qo‘ysa bo‘ladigan qulayliklarga egadir. Biroq ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab, uni o‘rnatish va foydalanishga doir texnik pasport o‘zbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida, undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni bo‘lmaydi. Mazkur gaz uskunasi o‘zboshimchalik bilan, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz "Qurilish me’yorlari va qoidalari" talablarini buzgan holatda o‘rnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda. Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi? O‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish; Gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasini o‘zgartirish; Dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirish; Xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish; Maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi; Gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish; Gaz asboblari o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish; Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi? Bo‘sh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yerto‘lalarda saqlash; Gazlashtirilgan xonaga 50/55 litr sig‘imli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli ballondan ikkitadan ortiq qo‘yish; Ballonlarni qizishdan saqlaydigan to‘siq o‘rnatilgan bo‘lsa, ballon bilan isitish asbobining oralig‘i 0,5 metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan to‘siqning orasi esa 10 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak; Ballonlar bilan o‘t yoqish eshigining oralig‘i 2 metrdan oz bo‘lmasligi lozim; Xonaga o‘rnatilgan ballonlar almashtirilayotganda elektr yoritkichlarni yoqib-o‘chirish, ochiq olovdan, elektr isitish asboblari va isitish pechkalaridan foydalanish; Ballonlarni almashtirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar borligida ballonlarni almashtirish. Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi? Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak: Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak; Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish; Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar); Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi; Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim; Nashatir spirtini hidlatish; Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish; Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish; Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 41-bandida “Iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz ta’minoti tashkilotining xodimi tomonidan tegishli yo‘riqnomadan o‘tkazilganidan keyin mustaqil almashtirishi mumkin. Buning uchun iste’molchi yashash joyiga ko‘ra gaz ta’minoti tashkilotiga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda gaz ballonini o‘rnatish joyi loyihaga va/yoki eskizlarga muvofiq bo‘lishi lozim” ligi belgilangan. Shuningdek, Nizomning 1-ilovasi 3.3-bandi a1) kichik bo‘limida “Iste’molchi suyultirilgan uglevodorod gazi bilan to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida o‘rnatib berish va almashtirish uchun tasdiqlangan tariflarga muvofiq gaz ta’minoti tashkilotining xizmatidan foydalanishi” ko‘zda tutilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, “Hududgazta’minot” AJ tizimida gaz xo‘jaligida aholining maishiy gaz ballondan xavfsiz foydalanishini ta’minlash xizmati tashkil etildi va ularning asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilandi: - suyultirilgan gaz to‘ldirilgan maishiy gaz ballonni iste’molchi xonadoniga olib kirish, loyiha yoki eskiz asosida o‘rnatish; - gaz ballonni, ventilni, reduktorni, gaz plitasi va boshqa barcha ulangan joylarini zichligini tekshirish; - soplolar teshiklari diametri tekshirish va sozlash; - xomut o‘rnatish; - gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari hamda gaz xo‘jaligini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari, suyultirilgan gazdan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanish bo‘yicha tushuntirish olib borish; xizmat ko‘rsatish yakunida mas’ul xodim tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirib, bajarilgan ishlarga filiallar tomonidan tasdiqlangan tarif bo‘yicha 3000 (uch) ming so‘mdan pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lov qog‘ozi berish. lbatta, suyultirilgan gaz to‘ldirilgan maishiy gaz ballonni iste’molchi xonadoniga olib kirib o‘rnatishdan oldin “Xavfsizlikni ta’minlovchi” xodim tomonidan iste’molchiga olib boriladigan ishlar bo‘yicha tushuntirish beriladi. Agar iste’molchi tomonidan e’tiroz bildirilmasa, maishiy gaz ballonni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi yoki qo‘shimcha xizmatdan foydalanish rad etilganda, yuqorida qayd etilgan qarorning 41-bandiga muvofiq iste’molchi tegishli yo‘riqnomadan o‘tkazilganidan keyin tushuntirish beriladi.Agar iste’molchi tomonidan e’tiroz bildirilmasa, maishiy gaz ballonni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi yoki qo‘shimcha xizmatdan foydalanish rad etilganda, yuqorida qayd etilgan qarorning 41-bandiga muvofiq iste’molchi tegishli yo‘riqnomadan o‘tkazilganidan keyin tushuntirish beriladi. Iste’molchi gaz balloni mustaqil almashtirganda, suyultirilgan gazdan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanishdagi talablarga amal qilinishi uchun ta’minoti mas’ul xodimlari javobgar bo‘lmaydi. UNUTMANG, ENG AVVALO O‘Z XAVFSIZLIGINGIZNI TA’MINLASH OILANGIZ FAROVONLIGI GAROVIDIR!

https://admin.farhududgaz.uz/files/abouts/images/file-1759236023212-669340639.jpg
https://admin.farhududgaz.uz/files/abouts/images/file-1759236274940-198611323.png
https://admin.farhududgaz.uz/files/abouts/images/file-1759236274966-640321877.jpg

Biz haqimizda

"HUDUDGAZ FARG`ONA" GTF faoliyatiga nazar

Batafsil

Yangiliklar

So‘nggi yangiliklar

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1759143064042-810271295.jpg
26-sentabr/2025-yil

“Eng yaxshi jamoa” ko‘rik-tanlovi yakunlandi

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1759140218707-578286642.jpg
23-sentabr/2025-yil

Toshkent viloyatida 1,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1758719323048-131116831.jpg
10-sentabr/2025-yil

Tabiiy gazni tejash bo‘yicha 8 ta ko‘nikma

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1757651402760-853170520.png
7-sentabr/2025-yil

Tabiiy gazdan xavfsiz va tejamkorlik bilan foydalaning.

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1757651047903-892421530.jpg
5-sentabr/2025-yil

O‘zbekneftgaz» Farg‘ona vodiysini yetarli miqdorda avtobenzin bilan ta’minlaydi

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1757651654009-211565631.jpg
5-sentabr/2025-yil

Toshkent viloyatida 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1759131812077-856482485.jpg
5-sentabr/2025-yil

Toshkent viloyatida 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Barchasi

"Hududgaz Farg'ona" GTF yangiliklari

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1759142808710-260950102.jpg26-sentabr/2025-yil

“Eng yaxshi jamoa” ko‘rik-tanlovi start oldi

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1759142590926-287120342.jpg25-sentabr/2025-yil

Diqqat! Rishton tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1759139580004-328176382.png22-sentabr/2025-yil

“Eng yaxshi jamoa” ko‘rik-tanlovida Farg‘ona vakillari ishtirok etadi

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1757653032444-209941071.jpg12-sentabr/2025-yil

Is gazidan zaharlanishning oldini olish qoidalariga amal qiling

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1757654271987-255596249.png9-sentabr/2025-yil

Gaz jihozlarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirish muhimdir.

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1757653360488-812234557.jpg6-sentabr/2025-yil

Bayram tabrigi!

https://admin.farhududgaz.uz/files/news/images/file-1756982429361-777762817.jpg4-sentabr/2025-yil

“HUDUDGAZ FARG‘ONA” GAZ TA’MINOTI FILIALI RASMIY XABARI

hududiy bo’limlar

“hududgaz farg’ona” gtf
Ish vaqti:-
manzil:-
indeks:-
e-mail:-
telefon raqam:-

xizmatlar

Davlat xizmatlariga murojaat yo’llash

Tabiiy gaz hisoblagichni yechish va o’rnatish

Tabiiy gaz hisoblagichni qiyoslashdan o’tkazish

Gaz ta’minoti hisoblagichini plombalash va shartnoma tuzish

Gaz tarmoqlariga ulash uchun obektlar

Gaz ta’minoti loyihasini kelishish

Gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish (1.2 MPa bosimgacha)

Arizani tekshirish

Kommunal xizmatlar

xizmatlar

tabiiy gaz istemol kalkulyatori

Mavsumni tanlang
Hisoblash sinfi turi
Oylik tabiiy gaz sarfini kiriting (kub metr)
25-yanvar 2024-yildan tabiiy gaz iste’moli bo’yicha hisob-kitobingiz:0 UZS
Hisoblash formulasi:
391 622Viloyat bo’yicha jami tabiiy gaz bilan gazlashgan aholi iste’molchilar soni
5 039Viloyat bo’yicha tabiiy gaz bilan ta’minlayotgan ulgurji iste’molchilar soni
509 237Viloyat bo’yicha suyultirilgan gaz bilan ta’minlayotgan aholi iste’molchilar soni
455Viloyat bo’yicha suyultirilgan gaz bilan ta’minlayotgan ulgurji iste’molchilar soni

faq

ko’p so’raladigan savollar

Korporativ madaniyatning ajralmas qismi sifatida “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining komplayens nazorat boshqarmasi Jamiyat va uning xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ichki siyosat va protseduralari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yuqori professional va axloqiy meʼyorlarga rioya etilishini taʼminlaydi. «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi Aloqa kanallari orqali bog‘lanishingiz mumkin: Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali) Bizning pochta manzilimiz: info@hududgaz.uz Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorrupsiya@hududgaz.uz Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot
/images/useful-links/book-color.png
/images/useful-links/edu-kids-color.png
/images/useful-links/mygov-color.png
/images/useful-links/business-color.png
/images/useful-links/smartland-color.png
/images/useful-links/edu-kids-color.png
/images/useful-links/organization-color.png
/images/useful-links/kundalik-color.png
/images/useful-links/science-olympiads-color.png
/images/useful-links/edu-care-color.png