Ekran o'lchami:
Shrift o'lchami:
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari D. Maksudov rahbarligida Jamiyat mutaxassislari hamda Terranova SRL va Pietro Fiorentini kompaniyalarining masʼul vakillari – bosh direktor Alessandro Vistoli, mutasaddilar Marchello Fusko, Larisa Tashxodjayeva, Shamil Eshbekov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasida gaz taʼminoti tarmoqlarini raqamlashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Xususan, gaz tarmoqlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida monitoring qilish, tahlil etish va samarali boshqarish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu kabi yondashuvlar orqali gaz tarmoqlarida xavfsizlik darajasini oshirish, energiya samaradorligini kuchaytirish va isteʼmolchilar uchun xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsad qilingan.
Muloqot yakunida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tajriba va innovatsion yechimlar almashinuvi asosida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.