Ekran o'lchami:
Shrift o'lchami:
“Hududgaztaʼminot” AJ negizida Toshkent davlat texnika universiteti “Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transport tizimlari” kafedrasi filiali tashkil etildi.
Ushbu hamkorlik doirasida “Dual taʼlim”ning tashkil etilishi talabalarning nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarini ham rivojlantirishga zamin yaratadi.
Talabalarga “Hududgaztaʼminot” AJning koʻp yillik mehnat tajribasiga ega muhandislari tomonidan sohaning murakkab va sharafli jarayonlari yuzasidan amaliy oʻquv mashgʻulotlari olib boriladi.
“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan talabalarning “Dual taʼlim” oʻquv jarayonlarida ishtirok etishlari uchun universitet hududidan oʻquv markaziga olib kelish va qayta olib borish uchun maxsus avtobus ajratilib, talabalar uchun bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlash belgilangan.
Ushbu kafedrani ochilishi yuzasidan video lovhani bu erda ko`rishingiz mumkin.
Manba: hududgaz.uz web sayti