Ekran o'lchami:
Shrift o'lchami:
1. Loyihaning maqsadi va vazifalari:
Maqsad:
• Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni soddalashtirish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish.
• Telefon orqali murojaatlarni tezkor qabul qilish va qayta ishlash.
• Murojaatlar tahlilini real vaqt rejimida yuritish.
Vazifalar:
• Turli manbalardan (portallar, idoralar) kelgan murojaatlarni tahlil qilish.
• Mijozlarning standart savollariga avtomatik javob berish.
• 24/7 rejimda maslahat berish va navbat kutish vaqtini qisqartirish.
• Chet tillarda (o‘zbek va rus) muloqot qilish qobiliyati.
• Nutqni matnga aylantirish, IVR tizimini soddalashtirish.
• CRM, tahlil modullari va boshqa tizimlar bilan integratsiya.
• Avtomatik eslatmalar va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish.
2. Xizmat ko‘rsatish talablari
• Mutasaddi xodimlarni o‘qitish va tizimni sozlash.
• Dasturiy taʼminotga texnik xizmat ko‘rsatish.
• Optimal ishlashni taʼminlash, tezkor yordam va maslahat berish.
• Tizim samaradorligini kuzatish va tahlil qilish.
3. Xavfsizlik va maxfiylik talablari
• Barcha maʼlumotlar himoyalangan va ruxsatsiz kirishdan saqlangan bo‘lishi shart.
• Texnologiyadagi o‘zgarishlar qatʼiy nazorat qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
• Barcha versiyalar va o‘zgarishlar yuritilishi va shaffof kuzatib borilishi kerak.
• Doimiy qo‘llab-quvvatlash va muammolarga tezkor javob berish mexanizmi mavjud bo‘lishi zarur.
4. Tanlov shartlari:
• IT-kompaniyalar o‘z tijorat takliflarini (loyiha konsepsiyasi va narxlari) elektron shaklda taqdim etishlari kerak.
• Hujjatlar qabul qilish muddati: eʼlon joylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida.
• Tijorat takliflari va hujjatlar elektron tarzda qabul qilinadi.
Elektron manzil: info@hududgaz.uz
Aloqa uchun telefon: (+99871)-281-16-85 (ichki 3-43); (+99890)-134-30-03.
Manba: hududgaz.uz