Ekran o'lchami:
Shrift o'lchami:
🔥 Gazni isrof qilmaslik va to‘lovlarni kamaytirish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:
1️⃣ Idish-tovoqning pastki qismi plita o‘chog‘iga mos bo‘lishi kerak – aks holda energiya yo‘qotiladi.
2️⃣ Ovqat tayyorlashda qopqoqni yoping – ochiq idishda gaz ko‘proq sarflanadi.
3️⃣ Isitish tizimini tekshirib turing – nosoz qozonlar ortiqcha gaz sarflaydi.
4️⃣ Gaz uskunalarini o‘z vaqtida tozalang – tiqilib qolgan yoqilg‘ichlar ko‘proq gaz sarflashga olib keladi.
5️⃣ Ventilyatsiyani ochiq qoldiring – to‘g‘ri havo aylanishi energiyani tejashga yordam beradi.
✅ Tejamkorlik – oilaviy budjetingizga ham foyda keltiradi!
“Hududgaz Farg’ona” GTF Matbuot xizmati